
"Bayer" sport direktori: Alonsoning "Real"ga ketishiga to‘sqinlik qilmaymiz
Germaniyaning “Bayer” klubi bosh direktori Fernando Karro agar Madridning “Real” klubi tomonidan rasmiy taklif tushsa, joriy bosh murabbiy Xabi Alonsoni qo‘yib yuborishlarini ma’lum qildi.
“Bizda Alonsoning ketishi bo‘yicha jentelmencha kelishuv bor. Agar Xabi o‘ynagan jamoalardan biri taklif bilan chiqsa, biz muzokara stoliga o‘tiramiz va uning ketishiga to‘sqinlik qilmaymiz”, — deya Karroning so‘zlarini ijtimoiy tarmoq X (sobiq Twitter) orqali insayder Fabritsio Romano keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Alonsoning “Real”dagi bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rnini egallashi asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Xabar berilishicha, u joriy mavsum yakunida “qaymoqranglilar”ni boshqarishi mumkin. Futbolchi sifatida Xabi “Real” safida 2009-yildan 2014-yilgacha to‘p surgan.
Fikrlar