
"Bayer" "Siti" yarim himoyachisini ko‘zlab qo‘ydi
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makeytiga "Bayer" qiziqish da. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Germaniya klubi 22 yoshli futbolchini 25 million evroga sotib olish sharti bilan "shaharliklar"dan ijaraga olmoqchi. Biroq "Manchester Siti"da maksimal miqdordagi futbolchilar ijarada ekanligi vaziyatni murakkablashtirmoqda.
FIFA reglamentiga ko‘ra, klub bir vaqtning o‘zida olti nafar futbolchini ijaraga berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Makeyti joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urgan. Yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar