
"Bayer" safarda "Seltik"ni tor-mor keltirdi (video)
UEFA Evropa ligasi “G” guruhining 2-turida “Seltik” o‘z maydonida “Bayer”ni qabul qildi.
“Seltik Park”dagi o‘yin mehmonlarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Dorishunoslar” safida gollarni Pero Inkape (25'), Florian Virts (35'), Lukas Alario (58') va Amin Adli (90+4') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar