
"Bayer" ortiqcha qiyinchiliksiz Germaniya kubogi finaliga chiqdi
Kecha Germaniya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Saarbryukken” klubi maydoniga safar qilgan “Bayer” raqibini yirik – 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning hal qiluvchi bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Dorishunoslar”ning finaldagi raqibi bugun bo‘lib o‘tadigan “Bavariya” – “Ayntraxt” bellashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar