"Bayer" hujumchisi bilan shartnomani yangilamoqchi

  • 5 dekabr, 2024, 17:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilda "Yunion"dan "Bayer" tarkibiga kelib qo‘shilgan Viktor Bonifeys jamoada qolishi kutilmoqda. Bir nechta top klublar e’tiboriga tushgan hujumchi Leverkuzen jamoasi bilan shartnomasini yangilashi mumkin. 

Tecno

"Sky Sports" nashri xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida yangi bitim borasida muzokaralar olib borilyapti. Klub u bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha deyarli kelishib olgan. 

Eslatib o‘tamiz, futbolchi ushbu mavsum "Bayer" tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, bitta assist ham amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!