Baxtiyor Ashurmatov: Yana ikkita qadam qoldi...

  • 12 dekabr, 2020, 16:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston Kubogi chorak final bosqichida Muborakda “Mash’al” klubini yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Bellashuvdan so‘ng, qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov quyidagilarni aytdi:

Tecno

- Rosti, yigitlarimiz o‘zlarida kuch topa olayotganlari uchun ularning manotaniga qoyil qolyapman. Murabbiylar shtabi nomidan o‘yinchilarimizga minnatdorlik bildiraman. Mag‘lubiyatga uchraganimizda yo‘qotishlarimiz bor yoki boshqa narsa, demagan bo‘lardim. Bugungi uchrashuvda 8 nafar futbolchimiz ishtirok eta olmadi. Shunga qaramay, yigitlar o‘zlarida kuch topa olyapti va bugun yarim finalga chiqdik. Yana ikki qadam qoldi va futbolchilarimiz yana kuch topa oladilar. Oxirigacha munosib qatnasha olamiz.

Birinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Afsuski, ikkinchi golni kirita olmadik. “Mash’al”ning ikkinchi taymda biroz kuchi ko‘proqligi bilindi. Ular “Sho‘rtan” bilan uchrashuvda ayrim o‘yinchilariga dam bergandi. Biz esa ikkinchi bo‘limda charchab qoldik. Oxirida darvozabonimiz Muzaffar Abdullaev ajoyib seyv ko‘rsatib g‘alabamizni saqlab qolishga katta hissasini qo‘shdi. Ko‘z tegmasin, darvozabonlarimiz borasida bizda muammo yo‘q. “Mash’al” jamoasiga o‘yin davomida feyr-pleyga amal qilib o‘ynaganlari uchun minnatdorlik bildiraman. Muborakda jangovor jamoa bor. Oxirgi to‘rtta uchrashuvdan beri yutqazishmayotgandi. O‘ylaymanki, biz munosib raqib ustidan g‘alaba qozonib yarim finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldik.

Oxirgi paytlarda Quvondiq Ro‘ziev jarohat bilan o‘ynayotgandi. Yana ayrim etakchilarimizda ham jarohatlar bor edi. Negaki, mavsum uzoq davom etgani bois ularga ham oson emas. Zaxiramiz biroz tor bo‘lib qolgandi. O‘ylaymanki, yarim finalgacha imkon qadar tayyor bo‘la olamiz, - dedi Ashurmatov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!