
Baxtiyor Ashurmatov sobiq shogirdini "Turon"ga olib keladi
"Qo‘qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro‘ziev faoliyatini "Turon"da davom ettirishga yaqin turibdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi va klub o‘rtasida muzokaralar yakuniy bosqichda. "Tulporlar" tez orada ushbu transferni e’lon qiladi. Ro‘zievning transferini bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning shaxsan o‘zi xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziev va Ashurmatov avval ham birga ishlagan. Yakunlangan mavsumda futbolchi "shunqorlar" tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar