Baxtiyor Ashurmatov "Metallurg"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 6 mart, 2020, 20:59
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bugun ikki teng kuchli jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. O‘yin ham teng kurashlar ostida kechdi. “Metallurg” bugun omadliroq edi va shu sababli zafar quchdi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa o‘z maydonimizda bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Tecno

Mehmonda o‘ynaganimizga qaramay o‘zimizni xuddi o‘z uyimizda o‘ynagandek xis etdik. Buning uchun uzoq masofadan kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yigitlar shijoat bilan harakat qilishdi. Vaziyatlar etarlicha bo‘ldi. “Metallurg” imkoniyatdan foydalandi, biz esa yo‘q.

“Metallurg” himoyaviy o‘ynaydi deb taxmin qilgandik va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rgan edik. Asosan himoyadan hujumga chiqishda xatoliklar kuzatildi. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumlarini to‘xtatib qola olmadik. Bu ham mag‘lubiyatning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.

Bekobodliklar tarkibida bir qator tezkor futbolchilar bor. Masalan Shahzod Ubaydullaev. Doniyor Narzullaevning bugun asosiy tarkibda tushishini kutmagan edik. Boisi o‘tgan tur Abror Toshqo‘ziev gol kiritib, yaxshi harakat qilgan edi. Narzullaev bugun faol bo‘ldi va o‘yin taqdirini Narzullaevning tezkorligi hal qildi”, – deya Ashurmatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
06/03/2020 22:23
Бахтиёр рахмат омад ёр булсин Кокон 1912 рахмат зур уйин булди Кокон зур уйнади факат омад келмади биз сизлар билан