"Bavariya"ni yangi mavsumda 33 yoshli murabbiy boshqarishi mumkin

  • 15 aprel, 2021, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik yozda Germaniya terma jamoasi boshqaruviga o‘tishi sababli, “Bavariya”dan ketishi aytilmoqda. Chunki “Evro-2020”dan so‘ng, Yoaxim Lyov Bundestimdan ketadi.

Tecno

Myunxen super klubi allaqachon Flik o‘rniga jamoani boshqara oladigan yuqori darajadagi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan. Klub rahbariyatining bu boradagi e’tibori, birinchi navbatda, “RB Leyptsig”da faoliyat olib borayotgan Yulian Nagelsmannga tushgan. Mahalliy nashrlar so‘nggi paytlarda bu borada juda ko‘p yozmoqda.

Sport1 tarqatgan xabarga ko‘ra, “RB Leyptsig” Nagelsmanning tovon puli uchun “Bavariya”dan 15-20 mln evro talab qilmoqda.

Yulian Nagelsmann “RB Leyptsig”ni 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum EChL yarim finaliga qadar etib borgan va Bundesligada 3-o‘rinni egallagan edi.

33 yoshli germaniyalik murabbiy bundan avval 3 yil davomida “Xoffenxaym”ga ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!