
"Bavariya"ga "Bayer" futbolchisi qimmatlik qilmoqda
Myunxenning "Bavariya" klubi "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavertsning transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Sport1.de nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “dorishunoslar” 20 yoshli futbolchining transferini 130 mln evroga baholashmoqda. Biroq, “Bavariya” Kay uchun bu narxni juda ham qimmat deb hisoblamoqda va uning transferi uchun buncha pul sarflamoqchi emas. Aytish kerakki, Xavertsni sotib olishni jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xavertsga “Barselona”dan ham qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kay Xaverts joriy mavsum “Bayer” safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar