
“Bavariya” yulduzi tashlab ketgan qizning o‘ligi chiqdi
“Bavariya”ning mashhur futbolchisi Jerom Boateng bir yildan ortiq birga bo‘lgan sevgilisi Kasiya Lenxardt bilan 4 fevralda ajrashib ketgan edi.
Yaqinda, Kasiya yanvar oyida futbolchining qimmatbaho mashinasida avtohalokatga uchrab, Berlindagi Charite klinikasiga yotqizilgani va uning qonida alkogol borligi aniqlangani haqida xabarlar tarqatildi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, kuni kecha 25 yoshli model qizning o‘ligi topildi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Berlindagi uydan topilgan modelning jasadida zo‘ravonlik yoki kuch ishlatilgani alomatlari yo‘q.
Hozircha, qizning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmayapti.
Fikrlar