
"Bavariya" Sane bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi aniq bo‘ldi
"Bavariya" klubi "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi myunxenliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Nemis grandi esa “shaharliklar”ga uning transferi uchun 40 mln evrolik taklif tayyorlamoqda. “Bavariya” Saneni arzonroqqa sotib olishiga ishonmoqda, boisi futbolchi endigina jiddiy jarohatdan sog‘aydi. Bundan tashqari, uning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Leroy Sane “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr ichida jami 134 ta o‘yinda ishtirok etdi va 39 ta gol hamda 45 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar