
"Bavariya" prezidenti Levandovski borasidagi mish-mishlarga javob berdi
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner jurnalistlar bilan suhbatda jamoa etakchilari bilan tuzilgan shartnoma holatlari haqida gapirib o‘tdi.
Xaynerning ta’kidlashicha, "Bavariya" hech qachon matbuotdagi mish-mishlar yoki gap-so‘zlarga e’tibor qaratmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Levandovski “Bavariya” uchun juda qadrli, bu Noyer va Myullerga ham tegishli.
Gerbertning qo‘shimcha qilishicha, Myunxen klubi o‘z futbolchilari bilan muzokaralarni xotirjam tarzda olib bormoqda, chunki hali etarlicha vaqt bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Robert Levandovski mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. Polshalik to‘purarning xizmatlariga esa PSJ va "Real" qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar