
"Bavariya" Levandovskiga o‘rinbosar topdi
"Espanol"ning eng yaxshi hujumchisi Raul de Tomas faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
ARA nashri bergan xabarga ko‘ra, "Bavariya" "Real" Madrid tarbiyalanuvchisini jiddiy kuzatmoqda. Ular Levandovski transferidan tushgan pulning katta qismini (45+5 million evro) Raul uchun sarflashga tayyor.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi La Liga doirasida 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Avvalroq, unga "Nyukasl" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar