
"Bavariya" jahon chempionati qahramonlaridan birini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
Germaniyaning "Bavariya" klubi qishki transferlar vaqtida jarohat olgan Manuel Noyer o‘rniga darvozabon izlamoqda. "Media Foot" nashri xabariga qo‘ra, myunxenliklar Qatardagi musobaqada ajoyib o‘yin ko‘rsatgan va jamoasining chempionligiga ulkan hissa qo‘shgan posbon Emiliano Martines variantini ko‘rib chiqmoqda.
"Transfermarkt" portali Emilianoni 25 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Martines jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb tan olindi. Argentinalik posbon klub doirasida "Aston Villa" sharafini himoya qiladi.
Fikrlar