“Bavariya” ikki nafar qimmatbaho futbolchini oladi

  • 21 iyul, 2022, 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati yozgi transferlar yakunlangunga qadar “Napoli”ning ikki nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, myunxenliklar nishonida to‘purar hujumchi Viktor Osimxen va yarim himoyachisi Pyotr Zelinski turibdi.

Bu o‘yinchilarni olish uchun Bundesliga chempioni yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Osimxenning neapolliklar bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi va uning transferi 65 million evroga baholanmoqda.

2024 yilning yozigacha “Napoli” o‘yinchisi hisoblangan Zelinskini qo‘lga kiritish uchun germaniyaliklar 40 million evrodan ortiqroq mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!