"Bavariya" himoyachisiga "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda

  • 16 oktabr, 12:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Jae A Seriyaga qaytishi mumkin. "La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "Milan" va "Yuventus" janubiy koreyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ikkala klub ham yanvar oyidayoq "Napoli"ning sobiq futbolchisi o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. "Yuventus" jarohat olgan Gleyson Bremerning o‘rnida aynan osiyolik himoyachini ko‘rmoqda.

Biroq Kim Min Jaening "Bavariya"dagi maoshi katta va bu muammo bo‘lishi mumkin. Transfermarkt 28 yoshli futbolchining narxini 32 million evroga baholamoqda. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!