"Bavariya" himoyachisi maoshini oshirishni talab qilmoqda

  • 20 iyul, 21:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va bu jarayonda futbolchi maoshini oshirishni so‘ramoqda. Bu haqda "L’Équipe" nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, may oyi o‘rtalarida ikki tomon Upamekanoning shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirish masalasini muhokama qilgan. Ammo hozirda futbolchining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan va kelishuv hali ham tuzilmagan.

Manbaga ko‘ra, Upamekano o‘zining yangi shartnomasi bo‘yicha maosh talablarini oshirgan va bu summalar hozirda uning pozitsiyasida to‘p surayotgan eng yaxshi futbolchilar darajasidagi maoshlarga yaqin.

Dayot Upamecano of FC Bayern Munchen during the FIFA Club World Cup 2025 quarter-final match between Paris Saint-Germain and FC Bayern München at...

"Bavariya" futbolchining talablariga jiddiy yondoshayotgan bo‘lsa-da, myunxenliklarning hozircha taklif qilayotgan shartlari Upamekano uchun qoniqarli emas.

Shu bilan birga, himoyachi o‘zini jamoada yaxshi his qilmoqda va klubda qolishni istaydi, ammo past shartlarda shartnoma uzaytirishga tayyor emas.

"L’Équipe"ning ta’kidlashicha, muzokaralar yana bir necha hafta yoki oyga cho‘zilishi mumkin. Xususan, bu holat avvalroq Alfonso Devis bilan muzokaralar davomida ham kuzatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!