"Bavariya" futbolchisi "Barselona" nishonida!

  • 12 aprel, 2021, 21:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yozgi transfer vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Kataloniya klubi moliyaviy inqiroz sababli arzonroq variantlarni ko‘rib chiqmoqchi.

Tecno

"Bild" nashrining xabariga ko‘ra, "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng kataloniyaliklar short-listidan o‘rin olgan. Boatengning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Nemis himoyachi "Barsa" safiga erkin agent maqomida o‘tishi mumkin. 

32 yoshli futbolchi joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol va assist yozdirib qo‘ygan.

Avvalroq, "Barselona" "Bavariya"ning boshqa bir himoyachisi David Alabaga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!