"Bavariya" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 11 yanvar, 2022, 15:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" frantsiyalik futbolchi Kingsli Koman bilan yangi shartnoma bandlarini kelishib oldi. Unga ko‘ra, frantsuz yiliga 17 million evro maosh oladi. Bu haqda "L'Equipe" nashri yozmoqda. 

Tecno

Shu tariqa, Koman myunxenliklar safida eng ko‘p daromad qiladigan uchinchi o‘yinchiga aylandi. Undan yuqorida Manuel Noyer va Robert Levandovski o‘rin egallagan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchiga "Manchester Siti", PSJ va "Manchester Yunayted" kabi klublar qiziqish bildirayotgan edi. Kingslining "Transfermarkt" portalidagi bahosi 55 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!