
"Bavariya" EChLda rekord o‘rnatdi
"Bavariya" jamoasi EChL 3-turi doirasida Avstriyada "Zaltsburg" mehmoni bo‘ldi va 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, myunxenliklarning 6 golidan 4 tasi uchrashuvning so‘nggi 15 daqiqasida kiritildi.
Shu tariqa, nemislar EChLda so‘nggi 15 daqiqada 4 ta gol kiritgan ilk jamoaga aylandi. Ayni vaqtda Xans-Diter Flik shogirdlari "A" guruhida 9 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar