
"Bavariya" darvozaboni jamoadan ketmoqchi
"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli germaniyalik posbonni Manuel Noyer va Aleksandr Nyubeldan so‘ng 3-darvozabonga aylanib qolgani yoqmayapti. Myunxenliklar esa 2021 yilda shartnomasi yakunlanadigan Ulrayxni 3,5 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
U joriy mavsum “Bavariya” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Svenga “Shalke”dan qiziqishlar mavjud.
Fikrlar