
"Bavariya" bosh murabbiyi Sanega nega qo‘ng‘iroq qildi?
"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Manchester Siti" vingeri Leroy Sanega qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Flik o‘zaro suhbat davomida Sanega Myunxenga ko‘chib o‘tish taklifini bildirgan.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan bir yil muqaddam “Bavariya” Saneni sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Ammo, “shaharliklar” uni 80 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormasliklarini ma’lum qilishgach, muzokaralar to‘xtatilgan.
Leroy Sane joriy mavsumni to‘liq tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan o‘tkazdi. U bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar