“Bavariya” bilan kelisha olmay qolgan Tuxelga katta jamoadan ish chiqdi

  • 18 may, 2024, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum yakunlanishi bilan Myunxenni tark etadi. Germaniyalik mutaxassis ishsiz qolmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning xabar berishicha, 50 yoshli mutaxassis Angliya Premer-ligasiga qaytish ehtimoli katta.

Manbaga ko‘ra, Tomas tuxel “Manchester Yunayted” bilan hamkorlik borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Manchesterliklar hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga Tomas Tuxelni olib kelmoqchi.

“Bavariya” rahbariyati ham Tuxelni olib qolishni istagan edi. Biroq mutaxassis qo‘ygan talablar klub xo‘jayinlariga yoqmadi.

Tomas Tuxel qo‘ygan talablardan biri transfer siyosatiga daxldor bo‘lib, tajribali mutaxassis jamoaga yangi ijrochilarni tanlash, tarkibdagi futbolchilarning qay biri qolishi va kimlar sotib yuborilishini shaxsan o‘zi hal qilmoqchi bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!