"Bavariya" "Arsenal" vingeriga qiziqishni oshirdi

  • 24 iyun, 17:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transferlar jarayonida chap qanot hujumchisini olish ustida ish olib bormoqda. "Bild" nashrining xabariga ko‘ra, nemis chempionlari uchun "Arsenal" futbolchisi Gabriel Martinelli qiziqarli nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Tecno

Shu bilan birga, braziliyalik vinger hozircha "short-list"ning yuqori qismida emas va klub tomonidan hech qanday rasmiy taklif yuborilmagan.

24 yoshli Martinellining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer bahosi 55 million evroni tashkil qiladi.

U "kanonirlar" safida barcha musobaqalarda 225 ta o‘yin o‘tkazib, 51 ta gol va 29 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!