
"Bavariya" 19 yoshli "Bayer" futbolchisi uchun 90 mln evro taklif qilmoqda
Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Kay Xavertts faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tz.de nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar 19 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun “dorishunoslar”ga naqd 90 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, ushbu taklif ham “Bayer” rahbariyatini qoniqtirmayapti, ular Xaverttsni yana bir mavsum jamoada olib qolishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kay Xavertts yakunlangan mavsum “Bayer” safida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar