
"Barselona"ning yana bir muhim futbolchisi mashg‘ulotlarga qaytdi
"Barselona" ushbu hafta o‘z terma jamoalari safida o‘yin o‘tkazgan barcha futbolchilarning yaxshi holatda qaytganini ma’lum qildi.
Ular La Ligadagi "Selta"ga qarshi bahs oldidan jamoaning mashg‘ulotlariga qo‘shilishdi.
Qaytganlar orasida hujumchi Robert Levandovski ham bor. U bel og‘rig‘i tufayli Polsha terma jamoasi ishtirokidagi bellashuvlarni o‘tkazib yubordi. 10 kunlik tiklanishdan so‘ng u odatiy tartibda mashg‘ulotlarga kirishdi.
Shuningdek, jarohat sababli safdan chiqqan Ferran Torres va Erik Garsiya ham mashg‘ulotning bir qismida ishtirok etishdi.
Fikrlar