"Barselona"ning yana 3 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 29 dekabr, 2021, 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” futbolchilari Usmon Dembele, Samuyuel Umtiti va Gavida koronavirus aniqlandi.

Tecno

Klubning xabar berishicha, futbolchilarning ahvoli yaxshi va ular o‘z uyida karantinga olingan.

Shu tariqa, “Barsa”ning koronavirusdan davolanayotgan futbolchilari soni 7 nafarga etdi. Bundan avvalroq Xordi Alba, Dani Alves, Kleman Langle va Aleks Baldeda ham Covid-19 infektsiyasi aniqlangan edi.

"Barselona" navbatdagi o‘yinini 2 yanvar kuni o‘tkazadi. Kataloniya klubining raqibi "Malorka" bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!