
"Barselona"ning "Kamp Nou"ga qaytish sanasi ma’lum
"Barselona"ning uzoq kutilgan "Kamp Nou"ga qaytishi tez orada amalga oshishi mumkin.
"Ko‘k-anorranglilar"ning "Xetafe"ga qarshi uy uchrashuvi (21 sentyabr) yana 6 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Yoxan Kroyff nomidagi stadionda bo‘lib o‘tadi, "Real Sosedad"ga qarshi navbatdagi o‘yin esa (28 sentyabr) "Kamp Nou"da o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Chempionlar ligasi doirasidagi PSJga qarshi o‘yin (1 oktyabr) ham shu tariqa kataloniyaliklarning asosiy maydonida o‘tkaziladi. 14 sentyabr kuni Xans-Diter Flik jamoasi "Yoxan Kroyff" stadionida "Valensiya"ni tor-mor etdi (6:0).
Fikrlar