"Barselona"ning etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 16 sentabr, 2024, 15:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yangi futbolchisi Dani Olmo kecha "Jirona"ga (4:1) qarshi bellashuvda jarohat olgandi. 

Tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Ispaniyaning bir qator nashrlari "Barselona"ning muhim futbolchisi 4-5 hafta jamoasiga yordam bera olmasligi haqida yozmoqda. 

Qayd etish lozim, Olmo "Barselona" safida ilk 3 uchrashuvining barchasida gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!