
"Barselona"ga o‘tish uchun maoshimni kamaytirishga tayyorman!"
Markus Reshford "Barselona"da o‘ynash maqsadida maoshini kamaytirishga rozi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, MYu hujumchisi La Ligada, xususan "blaugrana" tarkibida o‘ynashni xohlayapti va atrofidagilarga allaqachon faoliyatini davom ettirish uchun "Barselona"ni asosiy nomzod sifatida ko‘rayotganini ma’lum qilgan. Kataloniya klubiga o‘tish maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda Reshford "Barselona"ning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzod emas - kataloniyaliklar Luis Dias va Niko Uilyams nomzodlarini afzal ko‘rmoqda. Shunday bo‘lsa-da, "Manchester Yunayted" hujumchisi "Barsa"ga o‘tishi mumkinligiga ishonmoqda. Bunga uning klubda o‘ynash istagi va "ko‘k-anorranglilar" ustuvor deb bilayotgan futbolchilarga nisbatan arzonroq transfer narxi sabab bo‘lishi mumkin.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini 27 yoshli hujumchi "Aston Villa"da ijarada o‘tkazdi. U APLdagi 25 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar