
"Barselona"dan insonparvarlik namunasi
"Barselona" jamoasi Kataloniyadagi ukrainalik qochqinlarga yordam beradi.
"Ko‘k-anorranglilar" "Qizil xoch" bilan hamkorlikda Kataloniyaga Ukrainadan kelgan oilalar va ularning farzandlari uchun oziq-ovqat kollektsiyasini tashkil qiladi.
Yaqin kunlarda "Kamp Nou" stadioni yonida bolalar uchun maxsus quruq ovqatlar, meva-sabzavot, go‘sht, pechene hamda sharbatlarni qabul qilish punktlarini ochiladi.
Klub qabul qilish joylariga kela olmagan muxlislarni xayriya qilishga chaqirmoqda.
Fikrlar