"Barselona"da yangi raqobat: Rafinya Reshfordning kelishiga munosabat bildirdi

  • 1 avgust, 23:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasida "Barselona" safini "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford bilan to‘ldirdi. Kataloniyaliklar 27 yoshli angliyalik vingerni xarid qilish huquqi bilan ijaraga oldi.

Tecno

Jamoa vingeri Rafinya yangi raqobatchi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu klub va bu libos uchun o‘ynashni istagan har qanday futbolchi raqobatga tayyor bo‘lishi kerak. Menimcha, raqobat qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Chunki har bir raqobatchi boshqasiga o‘sishda yordam beradi. Agar biz chempionlikni qo‘lga kiritishni istasak, bu eng muhim jihat" — deya javob berib o‘tdi braziliyalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" yangi mavsumni 16 avgust kuni mehmonda "Malorka"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!