"Barselona" zaxirasida qolib ketayotgan futbolchi Saudiyaga yo‘l olishi mumkin

  • 28 iyun, 2023, 00:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frank Kessi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Barselona" yarim himoyachisi tez orada Saudiya Arabistoni ligasidan "yog‘li" taklif olishi kutilyapti.

Futbolchining o‘zi ispan klubida qolishni xohlaydi, biroq "Barselona" Kessi bilan xayrlashishga tayyorligini ma’lum qilsa, boshqa takliflarni ham ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, yarim himoyachida Premer-liga va Bundesligada o‘ynash imkoniyati mavjud. Avvalroq, kataloniyaliklar Kessini 35 million evrodan kamiga sotmasliklari haqida xabar bergandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!