“Barselona” yulduzini qaysi jamoaga sotishini aytdi

  • 13 may, 2022, 16:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari Evropaning bir necha klublari xaridor bo‘layotgan Frenki de Yongni yozda sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Cuattro nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar niderlandiyalik yarim himoyachini “Manchester Yunayted”ga jo‘natishga rozi bo‘lgan.

Manchesterliklar bu o‘yinchi uchun 60-75 million evro atrofida badal puli taklif qilgani aytilmoqda.

“Ayaks” maktabini o‘tagan futbolchi Kataloniyaga 2019 yili olib kelingan edi. O‘shanda “Barselona” iste’dodli o‘yinchi uchun 86 million evro to‘lagan.

De Yong barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi yana to‘rt yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!