"Barselona" yulduziga xaridor topolmayapti

  • 29 iyun, 2021, 12:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sport.es" nashrining xabar berishicha, "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoani tark etish to‘g‘risida bir qarorga kelmagan. Braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safida yuqori maosh oladi, hozircha birorta klub bu summani to‘lashga qodir emas. 

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, havbek xizmatiga "Inter" va "Lester" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa sobiq jamoasi "Liverpul"ga qaytmoqchi. Qolaversa, Koutinoga nomi ma’lum qilinmagan yana bir APL klubi da’vogarlik qilmoqda. 

"Barselona" yarim himoyachini sotish emas, almashtirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Jarohatdan so‘ng uning transfer narxi keskin pasayib ketdi. 

2020/21 yilgi mavsumda Filippe 2ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!