"Barselona" yozda Reshfordni sotib olishni rejalashtirmoqda

  • 26 aprel, 2019, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshfordni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli angliyalik futbolchi uchun yozda “qizil iblislar”ga 116 mln evro taklif qilishmoqchi. Kataloniyaliklarning fikricha MYuda yuzaga kelgan inqiroz Reshfordni boshqa jamoaga o‘tishga undaydi.

Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!