
"Barselona" yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
"Betis" klubi "Barselona" xaridor bo‘layotgan himoyachisi Xunior Firponing narxini pasaytirdi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra sevilyaliklar 22 yoshli futbolchini 25 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, kataloniyaliklar ushbu futbolchi uchun 20 milliondan ortiq to‘lamoqchi emas. “Barselona” rahbariyati Firponing transferini joriy haftaning o‘zida yakunlab, uni AQShda bo‘ladigan mavsumoldi turnesiga olib ketmoqchi.
Aytish kerakki, Firpo jamoaning tajribali qanot himoyachisi Jordi Albaga o‘rindosh sifatida qaralmoqda.
Ma’lumot uchun, Firpo o‘tgan mavsum “Betis” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar