
"Barselona" vingeriga Italiyadan taklif bor
"Barselona" futbolchisi Rafinyaga "Milan" qiziqmoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.
Brazilyalik vinger mavsum davomida kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. U Katoloniya klubi safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ga Rafinyaning transferi 58 million evroga tushgan va uning shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar