"Barselona" va PSJ to‘qnashuvida 14 nafar futbolchi ishtirok etolmaydi

  • 28 sentabr, 16:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Barselona" va PSJ o‘rtasidagi bahsda ikki jamoa safida jami 14 nafar futbolchi jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.

Tecno

PSJ tarkibida Vitinya va Xvicha kecha bo‘lib o‘tgan "Oser"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Frantsuz OAV xabarlariga ko‘ra, ular kataloniyaliklarga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuborishadi. Bir necha kun oldin esa "ko‘k-anorranglilar" darvozaboni Joan Garsiya va Mark Kasado ham safdan chiqqanligi haqida ma’lum qilingan edi.

Hozirda "Barselona" safida: Rafinya, Gavi, Joan Garsiya, Kasado, Ter Shtegen, Balde va Fermin jarohatlangan.
PSJda esa: Dembele, Due, Markinos, Nevesh, Barkola, Vitinya va Xvicha o‘yinga tayyor emas.

Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuv 1 oktyabrdan 2 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!