
"Barselona" va "Manchester Siti" o‘zaro o‘yin o‘tkazadi
"Barselona" va "Manchester Siti" o‘zaro o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Ushbu bahs o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida bo‘lib o‘tadi.
Bellashuv 24 avgust kunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvga "Barselona"ning "Kamp Nou" o‘yingohi mezbonlik qiladi.
Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdi Xavi boshqarayotgan jamoaga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi bu mavsum La Ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Manchester jamoasi APLning oxirgi turida chempionlikni rasmiylashtirdi.
Fikrlar