"Barselona" tez orada hujumchi transferini e’lon qiladi

  • 11 iyul, 13:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daniyaning "Kopengagen" klubi shvetsiyalik hujumchisi Runi Barji bugun, 11 iyul kuni "Barselona" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaning Barselona shahriga etib boradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tecno

"Bir necha hafta oldin "Kopengagen" bilan 2 mln evrodan ko‘proq mablag‘ evaziga kelishuvga erishildi, shuningdek, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘ldi," - deb yozdi Romano.

Daniya Superligasining 2024/2025 yilgi mavsumida 19 yoshli Runi Barji beshta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, uning hisobida Daniya kubogida bitta o‘yin bor. Futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 7,5 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!