"Barselona" tarkibni "Chelsi" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 14 noyabr, 2021, 10:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishichni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor, deya yozmoqda Sport.es nashri.

Tecno

Manbaning xabar berishicha, Aguero bilan yuzaga kelgan muammo sababli, kataloniyaliklar hujumkor futbolchi qidirmoqda. "Transfermarkt" portali amerikalik vingerning narxini 50 million evroga baholamoqda. "Barsa" Kristianni avvaliga ijaraga olmoqchi.

Avvalroq, Pulishichni "Jenoa"ning yangi murabbiyi Andrey Shevchenko ham o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

2021/22 yilgi mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi chempionat doirasida 2ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!