"Barselona" superyulduzini sotishga tayyor

  • 3 dekabr, 2024, 16:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" mavsum yakunida yarim himoyachi Frenki de Yong bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda. 

Yarim himoyachining klubdagi o‘rniga aprel oyida olgan to‘piq jarohati ta’sir ko‘rsatgan. Bu jarohat tufayli de Yong deyarli yarim yil maydonga tushmadi. Jarohatdan oldin "Barselona" sport direktori yarim himoyachini loyihaning muhim qismi deb hisoblagan va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lgan. Biroq, so‘nggi taklif muddati o‘tib ketgan.

Xabar qilinishicha, klub 2026 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi emas. Klub yarim himoyachini transferga qo‘yishga va katta bo‘lmagan summaga sotishi kutilmoqda. "Catalunya Ràdio" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 20 million evrodan boshlab takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot uchun, "Barselona" uchun asosiy muammo niderlandiyalik yarim himoyachining yuqori maoshi hisoblanadi. Futbolchi yiliga 35-37 million evro oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!