"Barselona" Suares uchun o‘rinbosar izlamoqda

  • 17 yanvar, 2020, 12:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Luis Suares tizzasidan olgan jarohati sabab to‘rt oy mobaynida ispan grandiga yordam bera olmaydi. Klub esa uning o‘rniga hujumchi qidirish ishlarini boshlab yuborgan.

Tecno

Kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Kike Seten esa ushbu masala bo‘yicha "Barselona B" jamoasi forvardlariga imkon berishga qaror qilgan. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Murabbiyning taklifiga ko‘ra, hujumchilar Abel Ruis va Alexandro Markes bugun asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Manbaga ko‘ra, forvardlar "Granada"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!