"Barselona" so‘nggi soniyalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 14 fevral, 2022, 03:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 24-turidan o‘rin olgan "Espanol" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. 

Dastlab, 2-daqiqada Pedri hisobni ochdi. 40-daqiqada Darder muvozanatni tikladi. 64-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Raul De Tomas mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O‘yin tugashiga yaqin Lyuk De Yong bosh bilan gol urib, "ko‘k-anorranglilar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Ayni damda kataloniyaliklar 40 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 28 ochkosi bor "Espanol" 13-pog‘onadan joy olgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!