"Barselona" sobiq futbolchisi: "Messini videoo‘yinlarda emas, xayotda ilk bor ko‘rganim yodimdan ko‘tarilmaydi"

  • 14 oktabr, 2024, 07:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh milliy terma jamoasi va Niderlandiyaning PSV klubi futbolchisi Serjino Dest Lionel Messi bilan kechgan "Barselona"dagi davr haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Kataloniya superklubidagi davringizda qaysi futbolchi sizda katta taassurot qoldirgan? 

- Messi albatta. Siz bu afsonani shu kungacha faqat You Tube va videoo‘yinlarda ko‘rgansiz. Vaqt o‘tib esa, u sizning oldingizda turibdi. Birinchi yili kiyinish xonasida juda yaxshi muhit hukmron edi. Argentinalik yulduz ko‘p hazil qilardi. Afsuski, keyinchalik hammasi o‘zgardi va biz o‘sha qiziqarli his-tuyg‘ularni biroz yo‘qotdik.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!