"Barselona" shu 3 futbolchini sotishga majbur

  • 21 may, 2022, 18:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Frenki De Yong, Memfis Depay hamda Serjino Destni sotishga tayyor. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. 

Kataloniya klubi moliyaviy moliyaviy muammolar tufayli barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Taxminlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar De Yong, Depay hamda Dest transferidan 140 million evroga yaqin miqdorda pul ishlab olish niyatida. 

Qayd etish lozim, avvalroq, "Manchester Yunayted" niderlandiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgani haqida xabarlar chiqayotgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!