"Barselona" Rafinya bilan shartnomani uzaytirdi va "Selta"ga ijaraga berdi

  • 2 sentabr, 2019, 22:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara faoliyatini "Selta" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

26 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan bitimini 2021 yilgacha uzaytirdi va amaldagi mavsumni ijara asosida "Selta" klubida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Vigo klubi futbolchining maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oldi va bundan tashqari, 1,5 mln evrogacha bo‘lgan bonus ham berishi mumkin.

Avvalroq, vigoliklar futbolchini 10 mln evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo‘lishlari ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya 2013/14 yilgi mavsumni aynan "Selta" klubida o‘tkazgan. O‘tgan mavsumning katta qismini jarohati tufayli o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!