"Barselona" qishda amalga oshmagan transferga yozda urinib ko‘radi

  • 13 mart, 2023, 18:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moratada ikki yo‘l bor.

Tecno

 "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata bugungi kunda  jamoadagi o‘rnidan norozi va shu sabab u klubni tark etishi mumkin. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik hujumchi ikki top-klubdan taklif bo‘lmoqda.

Ya’ni, Morata "Yuventus"ga qaytishi yoki Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishi mumkin. "Ko‘k-anorranglilar" o‘tgan yilning yanvar oyida Morataga qiziqish bildirgan edi va bu transferni yozda amalga oshishi mumkin.

"Atletiko"ning o‘zi ham keyingi transfer oynasida Alvaroni 20 million evroga sotishga tayyor.

2022/2023 yilgi mavsumda Alvaro "matraschilar" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va sheriklariga 2 ta samarali uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!